date
views 3 651

“Eronlik Xalk” MMA promousheni bilan shartnoma imzoladi

“Eronlik Xalk” MMA promousheni bilan shartnoma imzoladi
“Eronlik Xalk” deya eʼtirof etiluvchi Sejad Gʻaribi “Bare Knuckle FC” promousheni bilan shartnoma imzoladi", - deya izoh qoldirgan jurnalist Nolan King oʻz tvitter sahifasida. Gʻaribining debyuti 2020-yilda kutilmoqda.

“Eronlik Xalk” oʻzining hayratlanarli gavda tuzilishi bilan mashhur. Uning boʻyi 186 sm, vazni 175 kg, bitseplarning hajmi 60 sm dan oshadi.
U oʻzining MMAdagi jangini joriy yilda oʻtkazishi kerak boʻlib, raqibi britaniyalik bodibilder Martin Ford edi. Lekin bu jang baʼzi sabablarga koʻra oʻtkazilmagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Eronlik Xalk” MMA promousheni bilan shartnoma imzoladi
-->