Kuni kecha Ispaniyaning «Real» futbol klubini Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari bo‘yicha fondi menejeri Inigo Arenilyas Chaves «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich qabulida bo‘lgan mehmon samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda jamoa haqida iliq fikrlar bildirdi. Xususan, «ikki yulduzli» maqomini olishga yaqin turgan akademiyadagi sharoitlar, klubning umumiy infratuzilmasi, stadion to‘g‘risida fikr bildirar ekan, bunday imkoniyatlarga ega jamoa bilan turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish fondning rejalari qatoriga kirishini ta’kidladi.
Jumladan, Inigo Chaves «Real» futbol klubi fondining Osiyo-Afrika mintaqasi bo‘yicha eng katta – BAA filiali bo‘yicha hamkorlik loyihasini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Ulug‘bek Abdusattorovich mehmonning bu taklifini eshitar ekan, «Bunyodkor» «Real» fondi tomonidan taklif qilinadigan loyihalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, «Real» fondining BAAdagi filialiga o‘z vaqtida Ispaniya milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchisi, yulduzi bo‘lgan Michel Salgado direktorlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi