date
views 2 235

APL. "Manchester Siti" "Chelsi"dan ustun keldi (video)

APL. "Manchester Siti" "Chelsi"dan ustun keldi (video)
Angliya Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" hamda "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Ittihod" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 21-daqiqada N'Golo Kante hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa o‘tib esa Kevin De Bryuyne muvozanatni tiklashga erishdi.

37-daqiqada Riyod Marez "shaharliklar"ga 3 ochko keltirgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa Xosep Gvardiola shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 28 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Manchesterliklardan 2 ochko kam jamg‘argan londonliklar 4-pog‘onadan joy olishgan.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. "Manchester Siti" "Chelsi"dan ustun keldi (video)