Uaylder: Navbatdagi raqibim Fyuri, keyin esa Ruis - Joshua bahsi g‘olibi!

Uaylder: Navbatdagi raqibim Fyuri, keyin esa Ruis - Joshua bahsi g‘olibi!
Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder Luis Ortisga qarshi kechgan "revansh" jangidagi g‘alabasidan keyin, kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Navbatdagi raqibim Tayson Fyuri. Shundan keyin, Ruis - Joshua jangi g‘olibiga qarshi jang olib bormoqchiman.
Biz Tayson Fyuri bilan to‘qnashishga tayyormiz. Umid qilamanki, u ham menga qarshi bahslashishga tayyor,"
- dedi Uaylder.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi "revansh" janggi 22 fevral kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Dastabki jangda g‘olib nomi aniqlanmagan edi va durang qayd etilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar