O‘zbekistonda ilk bor aralash jang san’atlari bo‘yicha GFC-20 (Gorilla Fighting Championship) turniri o‘tkazildi. Turnirga faxriy mehmon sifatida Habib Nurmagomedov taklif etildi.
«Humo Arena»da o‘tgan 13ta jangning 7tasida o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga chiqishdi. Nursulton Ro‘ziboyev, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Muzaffar Rajabov, Avliyoxon Hamidov g‘alabaga erishishgan bo‘lsa, Jamshid Rahmonaliyev va Amin Ergashev mag‘lubiyatga uchrashdi.
Oqshomning markaziy jangi esa rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda argentinalik Brayan Gonsales o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda rossiyalik jangchi chempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi va raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi.
Oqshom yakunida O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov va UFC chempioni Habib Nurmagomedov so‘zga chiqib, GFC-20 turniri yuqori saviyada o‘tganini yana bir bor ta’kidlashdi. Habib Nurmagomedov Otabek Umarovga esdalik kamarini topshirdi.
O‘tkazilgan janglar natijalari:
1. Umar Nurmagomedov (Rossiya) Brayan Gonsales (Argentina)ni 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
2. Nursulton Ro‘ziboyev (O‘zbekiston) Artyom Shokalo (Ukraina)ni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
3. Shamil Zavurov (Rossiya) Ivitsa Trussek (Xorvatiya)ni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
4. Jahongir Jumayev (O‘zbekiston) Devid Som (Fransiya)ni 1-raundda nokautga uchratdi.
5. Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston) Luis Filo (Braziliya)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
6. Ahliddin Mirzadavlatov (O‘zbekiston) Ja’far Ismiyev (Ozarbayjon)ni 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
7. Muzaffar Rajabov (O‘zbekiston) Aladin Ben Halima (Tunis)ni 1-raundda og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi.
8. Klayd Brunsvik (Surinam) Jamshid Rahmonaliyev (O‘zbekiston)ni 1-raundda nokautga uchratdi.
9. Sergey Alekseyevich (Belarus) Amin Ergashev (O‘zbekiston)ni 1-raundda nokautga uchratdi.
10. Makkasharip Zaynukov (Rossiya) Klodoaldo Lima (Braziliya)ni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
11. Saygid Izagahmayev (Rossiya) Kristian Brinzan (Italiya)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
12. Marat Magomedov (Rossiya) Italo Gomes (Braziliya)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
13. Rustam Debishev (Rossiya) Imommahdi Qayumov (Tojikiston)ni 1-raundda og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi.
Muxbir A’zamjon Izzatillayev,
tasvirchi Asad Allanazarov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
tasvirchi Asad Allanazarov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin