
Foto: Otabek Umarov telegram kanali
O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Toshkentda bo‘lib o‘tgan turnir haqida o‘z taassurotlarini bildirdi.

Foto: Otabek Umarov telegram kanali
«Qoyilmaqom bayram! Hammamiz uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan kunni ko‘ngildagidek o‘tkaza olganimizdan xursandman. Tadbirni tashkil etishda katta hissa qo‘shgan barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman.
Birinchi navbatda, tribunalarda o‘tirib butun boshli Humo Arenani larzaga keltirar darajada muxlislik qilgan ishqibozlarimizga tashakkur bildiraman! ⠀

Foto: Otabek Umarov telegram kanali
Tashkilotchilarimizga rahmat! Dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan mehmonlarimiz bunday keng ko‘lamdagi tadbirni kutishmaganini yashirmadilar. ⠀
Sport bayramimizni munosib o‘tkazishda mehnat qilgan homiylarimiz, jurnalistlarimiz, sharhlovchilar, fotosuratchilar, hakamlarimiz va qolgan barcha ishtirokchilarimizga rahmat, deyman!

Foto: Otabek Umarov telegram kanali
Jangchilarimizga esa alohida minnatdorchiligimni izhor qilaman! Sizning sa’y-harakatlaringiz sabab butun umrga yodda qolarli shouning guvohi bo‘ldik. Siz yurtimizga g‘alabalar tuhfa etdingiz. MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi! Bizning chinakam qahramonlarimizsiz!» — dedi Otabek Umarov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar