12:03 / 29.11.2019
2 551

U-19 bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabi vazifasidan ozod etildi

U-19 bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabi vazifasidan ozod etildi
Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkazildi.
Saralash bahslarida Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi.

10 noyabr kuni O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistoni yoshlar termasiga qarshi bahs olib bordi. 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 4 nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirildi. Shuningdek, Odilbek Abdumajidov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bundan tashqari O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi – Otabek G‘ulomxo‘jayev hamda uning yordamchisi Doniyor Usmonov ham nojoiz xatti-harakatlari sabab hakam tomonidan ogohlantirildi.

Ushbu uchrashuvni o‘rganib chiqqan OFKning Tartib-intizom va odob-ahloq qo‘mitasi O‘FAga shikoyat maktubi yo‘llab, uchrashuv davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari o‘zini noprofessional tarzda tutganliklari va buni o‘rganib chiqib, tegishli choralar ko‘rilishi zarurligini ma’lum qildi. Ushbu holat esa O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga, mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakat imidjiga musobaqa oldidan salbiy ta’sir o‘tkazishi ehtimoli mavjud.

Mazkur holat O‘FAning Ijroqo‘mi tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozlarining xalqaro miqiyosdagi uchrashuv vaqtida nojoiz xatti-harakatlar amalga oshirgani, shogirdlariga o‘rnak bo‘lish o‘rniga o‘yin rasmiylari qarorlaridan norozi ekanini ochiqchasiga namoyish etib, maydonda o‘zini noprofessional tutgani e’tirof etildi. Yakunda O‘FA Ijroqo‘mi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror chiqardi.

Uchrashuv qanday hisobda yakunlanishidan qat’iy nazar har bir futbolchi va murabbiy o‘zini professional tarzda tutishi lozim. Xalqaro maydondagi uchrashuvlar vaqtida futbolchi yoki murabbiy nafaqat o‘z sha’nini, balki butun mamlakat sharafini himoya qilishini his etishi zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-19 bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev rahbarligidagi murabbiylar shtabi vazifasidan ozod etildi