Emerining iste’fosi Yurgen Kloppni hayron qoldirdi

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Unai Emerining "Arsenal"dan iste’foga chiqarilishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Unai Emerining iste’foga chiqarilganini eshitib ochig‘i hayron qoldim, ammo futbol dunyosi o‘zi shunday. Men u yerda nimalar bo‘lganidan bexabarman, lekin klub rahbarlari natijalardan mamnun emasligi aniq edi.
Unai ajoyib murabbiy. U buni bir necha marotaba turli ligalarda isbotlagan. Unga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman.
Uning ishini Freddi davom ettiradi. Balkim u bu imkoniyatdan foydalana olar", - deydi Klopp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing