
BAA futbol assotsiatsiyasi gollandiyalik murabbiy bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi.
Bunga sabab Ko‘rfaz Kubogida ishtirok etgan BAA terma jamoasining Quvayt bilan kechgan bahsda 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergani bo‘ldi. Mana shu o‘yindan 24 soat o‘tib assotsiatsiya rahbariyati Bert van Marveykni iste’foga chiqardi.
Gollandiyalik murabbiy qo‘l ostida terma jamoa o‘zini ko‘rsata olmadi. JCh-2022 saralash bahslarida ham amirlik futbolchilari iliq taassurot qoldirishmayapti. BAA Ko‘rfaz Kubogida faqat bitta yutuqqa erishdi. Shuningdek, Iroq va Qatarga imkoniyatni boy berdi. JCh saralash o‘yinlarida esa jamoa safarda Tailand va Vetnamdan ham mag‘lubiyatga uchradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar