“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann LaLiga doirasida “Malyorka” ustidan qozonilgan gʻalabadan keyingi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Biz ajoyib uchrashuvimizni oʻtkazishni istagandik. Voqealarga boy birinchi boʻlimni oʻtkazdik, umuman olganda taym biz uchun yomon yakunlanmadi. Messi va Suaresning oʻyinlarini alohida taʼkidlagan boʻlardim. Qoʻlga kiritilgan gʻalabadan xursandmiz. Biroq toʻxtab qolish niyatimiz yoʻq, chunki hali mavsum oldinda. ”Atletiko"da hujumning har bir epizodigacha yaxshi tushunardim. Bu yerning taktikasiga hozirgacha koʻnikib boʻlganim yoʻq.
Ter Shtegenning pasi? Agarda adashmayotgan boʻlsam, darvozabon pas oshirib bergan ilk golim emas. “Real Sosyedad”da Klaudio Bravo ham menga golli pas uzatgandi. Biroq Mark-Andre ajoyib, u tarkibimizda yarim himoyachidek oʻynaydi. Ha, ideal uzatma boʻldi", - dedi Grizmann. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi