22:54 / 10.12.2019
2 734

O‘zbekistonlik MMA jangchisi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
Shu yilning 8 dekab kuni «Novosibirsk Kolizeyi»da (Bu yerdagi davlat sirki arenasini shunday atashadi) Hall of Fame MMA Ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Jahongir Husanov o‘z vazni bo‘yicha barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba Jahongir Husanov uchun birinchisi emas. U ilgari muaytay va kikboksing sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar va Osiyo chempionatlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan edi.

Husanov MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevning shogirdi hisoblanadi. U o‘tgan yili Qirg‘izistonda o‘tkazilgan MMA bo‘yicha nufuzli musobaqada ham g‘alaba qozongan edi.

G‘alabadan so‘ng Jahongir Husanov o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qiyin bo‘lsa-da, g‘alaba qozonganimdan xursandman. Birinchi navbatda, MMA rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildiraman. Yaratilgan sharoitlar tufayli yoshlarimizda o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatmoqdalar.

Shuningdek, MMA federatsiyasi prezidenti Otabek Umarovga ham minnatdorchilik bildiraman. Bizda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok eta oladigan, raqobatlasha oladigan jangchi yoshlar ko‘p.
Menga ishongan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat!
», — deb yozdi sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik MMA jangchisi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi