10:35 / 11.12.2019
2 976

Vadim Abramov: 5 nafar o‘yinchimizning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishni o‘ylab turibman

Vadim Abramov: 5 nafar o‘yinchimizning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishni o‘ylab turibman
Xabaringiz bor, bugun Osiyo Chempionlar Ligasining 2020 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Qur’adan so‘ng «Bunyodkor» futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Hammasi eski-tanish raqiblar. Asosiysi, bosqichma-bosqich barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonish va guruh bosqichiga yo‘l olish kerak. Lekin oldinga o‘tib gapirishni istamasdim. Chunki avvalo 21 yanvar kuni o‘z uyimizda «Al Zavra»ni mag‘lub etishimiz lozim. Keyin navbatdagi raqiblar haqida gapirsa bo‘ladi. Aytishim mumkin, maqsadimiz guruh bosqichiga yo‘l olish.

Ta’kidlaganimdek, birinchi o‘yinni 21 yanvar kuni o‘tkazamiz. O‘sha kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod besh nafar o‘yinchimiz biz bilan birga bo‘lmaydi. Ular o‘sha vaqtda terma jamoa tarkibida Osiyo Chempionatiga yo‘l oladi. Katta ehtimol bilan bu yigitlar 28 yanvar kuni ham hali terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. Shu bois hozirdanoq besh nafar o‘yinchimizning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishni o‘ylab turibman. Meni o‘ylantirayotgan boshqa muammo yo‘q, - dedi Vadim Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: 5 nafar o‘yinchimizning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirishni o‘ylab turibman