
2016 yilgi Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov (8-1, 5 KO) Olmaotadagi boks kechasida ringga chiqdi.
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschiga ukrainalik Vladislav Baranov (6-5-2, 4 KO) raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq G‘oibnazarovning g‘alabasi bilan yakunlandi: uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan bokschi Baranovni kuchli zarbasi bilan qiyin ahvolga solib qo‘ydi va referi texnik nokaut holatini qayd etdi.
Shu tariqa, Fazliddin profi-ringdagi g‘alabalari sonini 8taga yetkazdi, shundan 5tasi — muddatidan avvalgi g‘alabalar.
Eslatib o‘tamiz Fazliddin G‘oibnazarov professional faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatini shu yilning mayida Maykal Foksdan (21-1, 5 KO) qabul qilib olgandi, u amerikalik bokschiga qarshi kechgan 10 raundlik jang yakunida ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fazliddin G‘oibnazarovOlmaota BoksSuper Yengil VaznUkrainalik RaqibJang G‘alabasiProfessional Bokschi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar