date

Bahodir Nasimov: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin xuddi final o‘yinidek bo‘ladi»

Bahodir Nasimov: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin xuddi final o‘yinidek bo‘ladi»

Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinidan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Janubiy Koreya jiddi raqib ekani va ularga qarshi o‘yin final o‘yinidek bo‘lishini aytib o‘tdi.

«Terma jamoa murabbiyi aytganidek ertangi o‘yin biz uchun juda muhim hisoblanadi. Ushbu o‘yin biz uchun xuddi finaldek bo‘ladi. Yaxshi o‘ynab, nasib qilsa muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz», - deydi terma jamoa hujumchisi.

«Ayni damda o‘yindan boshqa hech narsa haqida o‘ylayotganim yo‘q. Maqsadimiz terma jamoa bilan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish», - deydi Nasimov.

Manba: www.Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bahodir Nasimov: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin xuddi final o‘yinidek bo‘ladi»