18:33 / 26.12.2019
3 595

Bahodir Jalolov "Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi

Bahodir Jalolov "Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi
Havaskor boks bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov 2019 yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi erkak sportchi nomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda taqdirlash marosimida ishtirok etgan GoSport.uz nashri xabar bermoqda.

«Navro‘z» tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimida boshqa g‘olib va sovrindorlar ham ma’lum bo‘ldi.

Quyida yilning eng yaxshilar deb topilgan nominantlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

Yilning eng yaxshi terma jamoasi — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tan olindi;
Yilning eng yaxshi federatsiyasi — O‘zbekiston Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi;
Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun — “Qizilqum-sement” AJ;
Yil kashfiyoti — O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi;
Yilning eng yaxshi sport loyihasi — “Humo-Arena” ko‘ptarmoqli muz saroyi;
Eng faol sport targ‘ibotchisi — Hilola Isakova “MY5” telekanali muxbiri;
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti — Zohid Karimov “Sport” TV;
Yilning eng yaxshi sport shifokori — Sunnatilla Yo‘lchiyev – RSTIAM sport tibbiyoti bo‘lim boshlig‘i, travmatolog;
Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun — Eldor Shomurodov;
Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi — Timur Giyazov;
Yilning eng yaxshi murabbiyi - Rustam Mirzadiyarov – baydarka va kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi;
Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi — Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Yilning eng yaxshi hakami — Tohir Gulyamov – sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam;
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi — Dilnoza Rahmatova;
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi — Bahodir Jalolov
Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun — Oksana Chusovitina tan olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov "Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi