Ayni kunlarda poytaxtimizda joylashgan “Chig‘atoy” maydonida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Osiyo chempionati final bosqichi keyingi yil Bahraynda bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada yuqori o‘rinlarni egallash va mundial chiptasiga ega chiqish terma jamoani asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu borada bosh murabbiyning fikrlarini bilish maqsadida Azamat Abduraimov bilan suhbatlashdik.
- Dastlab yaqinda boshlangan tayyorgarlik haqida, ushbu yig‘inni tashkil qilishdan maqsad nima edi?
- Osiyo chempionatiga chiqqandan keyingi, asosiy jamoa uchun ilk yig‘in hisoblanadi.Ushbu yig‘in davomida 2 yil ichida qilgan ishlarimizni tahlil qilishni maqsad qilganmiz. Biz minimal vazifani bajardik. Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldik. Bu juda muhim edi, chunik ikki yil oldin o‘smirlar terma jamoasi saralashda qolib ketgandi. Endi jamoamiz oldiga yanada yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Jahon chempionatiga chiqishni, medallarni qo‘lga kiritishni istaymiz. Albatta, oson bo‘lmasligini bilamiz.
Shuning uchun, kelgusi yilgi rejalarni to‘g‘ri tayyorlashimiz va bolalarni jiddiy muosabaqaga har tomonlama hozirlashimiz zarur. Buning uchun futbolchilarni chempionlik xarakteri ostida tarbiyalashimiz kerak. An’naga ko‘ra, dekabr oyining so‘ngi kunlarida Qozog‘istonga safar uyushtiramiz. U yerda mamlakat akademiyasi terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazamiz.
- Hali katta jamoada debyut qilmagan, yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan futbolchilarning harakatidan qay darajada qoniqish hosil qilyapsiz?
- Bizda do‘stona jamoa shakllangan. Futbolchilarda harakter bor. Moskvadagi xalqaro turnirda ikkinchi o‘rinni egallaganimizdan so‘ng shogirdlarimning o‘z kuchiga, qobilyatiga bo‘lgan ishonch yanada ortdi. Endi ular Yevropaning eng yaxshi jamoalarini ham mag‘lub eta olishimizni bilishadi, his qilishadi. So‘ngi ikki yil ichida yigitlarning o‘yin va maxorat jihatdan o‘sganliklarini ko‘rdim. 14-15 yosh o‘tish davri hisoblanadi, turli holatlar bo‘lishi tabiiy. Ammo, terma jamoani o‘zagini deyarli aniqlab olganmiz.
- Yurtimiz iqtidorlar makoni. Iqtidorli futbolchilar bisyor. Faqat ularga e’tibor qaratilishi lozim. Siz aytgan yoshdagi o‘yinchilar minglab, millionlab topiladi. Shunday ekan, seleksiya jarayoni davom etyaptimi?
- Albatta. Seleksiya ishlarini to‘xtatganimiz yo‘q. Noyabr va dekabr oylarida ikki bor 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar bilan yig‘in tashkil qildik. Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnirda qatnashdik va birinchi o‘rinni egalladik. Bu terma jamoada asosiy jamoaga tortadigan va raqobatlasha oladigan o‘yinchilar bor. Umuman olganda menda ular ijobiy taassurot qoldirdi deya olaman.
- Tan olamiz, o‘smirlar terma jamoamiz xalqaro turnirlar, musobaqalarda yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biroq, barcha ko‘rdiki jamoa saralash bahslarida ancha qiynaldi. Ko‘pchilikda e’tirozlar ham tug‘ildi...
- Avval ham aytganman. Ikki yil oldin Osiyo chempionati final bosiqiga chiqa olmagandik. Yakunda uchinchi savatchadan o‘rin oldik. Saralash o‘yinlari shuni ko‘rsatdiki, oldimizda turgan vazifani bajarish biz uchun qiyin kechdi. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ruhiyat masalasi birinchi o‘rinda turadi. Ularda bosim bor edi, boz ustiga xalqaro tajriba ham yetarlicha emasdi. Hamma bizdan g‘alaba kutardi. Bunday bosim bilan maydonga chiqish oson emasdi. Sodda qilib aytganda, natija uchun o‘ynadik.
- Oldindagi rejalar haqida ma’lumot bera olasizmi? O‘tgan yil boshida terma jamoa deyarli hech qanday yig‘in tashkil qilmagandi. Yoz oyi o‘rtalariga kelibgina, 2019 yil hisobidan ilk xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi...
- Keyingi yil assotsiatsiya rahbarlari tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun mutlaqo boshqacha yondashuv bo‘lishini, e’tibor yanada kuchaytirilishini ta’kidlashdi. Bundan buyon har oyda yig‘in o‘tkazamiz, o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Yanvar oyida xalqaro muosabaqa doirasida Belarus, Belgiya va Finlyandiya bilan o‘ynaymiz. Agarda tayyorgarlikni maromida olib borsak, Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnasha olamiz.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
Manba: ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi