19:20 / 27.12.2019
2 692

Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi OCHL o‘yinlari Toshkentda o‘tishi mumkin

Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi OCHL o‘yinlari Toshkentda o‘tishi mumkin
Eshitishimizga qaraganda, Eron futbol federatsiyasi O‘FAga Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi OCHL doirasidagi bellashuvlarni Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha murojaat xati yo‘llagan.

Bilasiz, ba’zi siyosiy masalalar tufayli Eron hamda Saudiya Arabistoni jamoalarining o‘zaro o‘yinlari bir necha yillardan buyon neytral maydonda o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu sababli, Eron futbol federatsiyasi yangi mavsumdagi OCHL doirasidagi Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘z klublari nominal mezbon bo‘ladigan uchrashuvlarni Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilgan.

Sababi Eron klublari BAA yoki boshqa arab davlatlarida o‘ynashsa saudiyalik ko‘plab muxlislar kelishidan va nominal tarzda mehmonga aylanib qolishlaridan cho‘chimoqda. Shu bois o‘zi uchun eng yaqin va muxlislar borasida neytral bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lgan mamlakat, O‘zbekistonni tanlagan.

O‘tgan yili ham Eron FF bu borada O‘FAga yuzlangan, ammo ularni murojaati rad etilgandi. Bu gal O‘FA Eronning murojaatiga qanday javob berishi hozircha noma’lum.

Agarda O‘FA Eron futbol federatsiyasining mazkur murojaatini qabul qiladigan bo‘lsa, unda Eron klublari OCHL doirasida Saudiya Arabistoni jamoalarini qabul qiladigan ba’zi bahslar Toshkent yoki Olmaliq shahridagi stadionlarda o‘tkazilishi mumkin.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi OCHL o‘yinlari Toshkentda o‘tishi mumkin