1 964
Temur Kapadze: “Terma jamoada eng kuchlilar va munosiblar o‘ynaydi. Imkoniyat hammaga bir xil beriladi”
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo chempionati saralash bahslaridan so‘ng, O‘FA Otabek G‘ulomxo‘jayev va uning murabbiylar shtabini iste’foga chiqargandi.
Temur Kapadze esa yoshlar terma jamoasining yangi murabbiyi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan, uning ixtiyoridagi jamoa a’zolari 24 dekabrdan e’tiboran Toshkentda mashg‘ulotlarga kirishishdi. Xo‘sh unga yaqindan kim ko‘maklashadi? Yig‘inning birinchi kuni qanday o‘tdi? Shu kabi savollarga javob olish maqsadida Temur Kapadzega murojaat qildik.
- Ushbu yoshdagi terma jamoani qabul qilib olganingizga ko‘p bo‘lmadi. Dastlabki yig‘in siz uchun ham, futbolchilar uchun ham tanishuv vazifasini o‘tashi tabiiy...
- Yilning ohirida futbolchilarni yig‘ishga qaror qildik. Birinchi o‘rinda ular bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘ldim, kuchli tomonlarini bilgim keldi. Shuning uchun birinchi kunlardan katta o‘zgarishga qo‘l urmadim. Tarkibga oxirgi saralash bosqichida qatnashgan futbolchilarni jalb etdik. Real olib qaraganda, har bir oyda yig‘in tashkil qilishni mo‘ljallaganmiz. Chunki, Osiyo chempionatiga qadar vaqt kam. To‘qqiz oy qolgan bo‘lsada, o‘yinchilar muntazam biz bilan birga bo‘lishmaydi. Faqat, bir oyda bitta yig‘ilganimizda rejalarimizni maksimal darajada amalga oshirib olishimiz kerak.
- Futbolchilar bilan maqsad va talablaringiz, istaklaringiz borasida gaplashib oldingizmi?
- Albatta. Birinchi kundan gaplashib, kelishib oldik. Ulardan maqsadlari nima ekanligini so‘radim. Barcha chempionlik uchun kurashishini baralla aytishdi. Musobaqa o‘zimizda o‘tadi, oson bo‘lmasligini tushunib turishibdi. Buning uchun qattiq mehnat qilish, yuqoriga intilish darkor. 29 dekabr kuniga qadar tayyorgarlikni davom ettiramiz, taktik hamda jismoniy taraflama ishlaymiz. Nazariy mashg‘ulotlarda ko‘rsatmalar beramiz.
- Murabbiylar shtabida sizga kim yaqindan yordam beradi? O‘zingiz uchun aniqlab oldingizmi?
- Ha. Hammasi aniq bo‘lgan. Denis Krasnichenko men bilan birga avval ham ishlagan. “Bunyodkor” akademiyasida 2001 yilda tug‘ilgan bolalarga ustozlik qilgan. Ikkinchisi Sergey Chigodayev, u ham Krasnichenko kabi klub akademiyasida 2002 yilda tavallud topgan bolalarni murabbiyi hisoblanadi. Yoshlar terma jamoasidagi aksariyat o‘yinchilar uning qo‘lidan chiqqan.
- Keyingi yig‘inlarda yana yangi nomlarni uchratshimiz mumkinmi?
- Ha. Terma jamoada doim eng kuchli futbolchilar bo‘ladi. Hammaga bir xil imkoniyat beriladi. Yil davomida tarkib o‘zgaraveradi. Kim qanday formada bo‘lishiga bog‘lik ko‘p narsa. Bu yig‘inga taklif etilmagan o‘yinchi, keyingi yig‘inda sinab ko‘riladi. Oktabr oyida turnir bo‘lib o‘tsa, usha vaqtdagi kuchli va munosib bo‘lganlar yakuniy tarkibdan joy oladi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi