2 198
Janubiy Koreya U-23 futbolchisi: "Biz Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanligimizni ko‘rsata olamiz"
Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya bilan bitta guruhda bahs olib boradi. Janubiy Koreya U-23 termasi avvalgi uchta musobaqaning birinchisida yarim finalga qadar borib, ikkinchisida finalda mag‘lub bo‘lgan va uchinchisida ham o‘z ishtirokini yarim finalda to‘xtatgan.
Bu safar koreyaliklar chempion bo‘lishni maqsad qilishgan. Terma jamoa futbolchisi Li Dong Gyong OFK saytiga intervyu berib, o‘z jamoasiga yuqori baho berdi.
- "Biz uchun bunday musobaqada qatnashish sharaf, - deydi "Ulsan Xyunday" futbolchisi. - Biz musobaqada g‘olib chiqish uchun ko‘p ishlayapmiz. Barcha jamoalar bu musobaqaga shunchaki kelishmaydi, hammaning xayolida faqat Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘ladi. Biz buni juda yaxshi his qilyapmiz".
- "Guruhdagi raqiblar haqida nima deyishim mumkin? Kuchli guruhdan joy olganmiz. O‘zbekiston amaldagi chempion, Eron bilan Xitoy ham yaxshi jamoalar. Lekin Osiyodagi eng kuchli jamoa o‘zimiz deb o‘ylayman va buni isbotlash uchun maydonda bor kuch bilan harakat qilamiz. Men saralash o‘yinlarida eng yaxshi to‘purar bo‘ldim. Musobaqaning o‘zida ham ko‘p gol urishga harakat qilaman". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi