Janubiy Koreya OAVlari: «Ertaga issiq va nam havo o‘yinga ta’sir qilishi mumkin»

Janubiy Koreya OAVlarining xabarlariga qaraganda, ertaga O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini vaqtida Melburnda ob-havo +36 darajagacha ko‘tarilishi va namlik yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Avstraliyaning hududlari iqlimi bir-biridan 10 daraja atrofida farq qiladi va bu holat ayrim jamoalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi Ummon va Kuvaytga qarshi o‘yinlar o‘tkazgan Kanbera shahrida kunduzi havo juda issiq, kechasi esa yomg‘ir yog‘ib harorat birdan tushib ketadi. Bunday iqlimga moslasholmagan Son Xeung Min ("Bayer", Germaniya), Ku Ja Chol ("Mayns-05", Germaniya), Kim Jin Xyon ("Serezo Osaka", Yaponiya), Kim Ju Yong ("Shanxay", Xitoy) kabi koreyslarning etakchi futbolchilari shamollab qolib, ancha kuch yo‘qotishdi.
"Daily Sports"ning yozishicha, Kanberada koreyslar xuddi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi kabi iqlimda to‘p surishgan. "Biznikilar harakatsiz turgan holatda ham ter quyilib keladigan havoda Ummon va Kuvaytga qarshi o‘ynashdi. Chorak finalni o‘tkazish uchun Melburnga etib kelgach esa bu er Koreyaning kuz havosidek taassurot uyg‘otdi: biroz salqinroq. Lekin Avstraliyaning o‘zgaruvchan iqlimi ertaga +36 daraja issiq bo‘lishni "va’da qilmoqda".
Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham koreyslar ustozi Uli Shtilike ob-havo haqidagi savolga beparvolik bilan: "Biz bundan ham issiqroq bo‘lgan Brisbenda o‘ynab ko‘rdik. Juda katta farq yo‘q. Agar Brisbenga borib ko‘rmagan bo‘lsangiz - yanayam bilmadim", deya javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining Xitoyga qarshi o‘yinini Brisbenda o‘tkazgan.
Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul
Janubiy Koreya, Seul
Manba: www.stadion.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing