«Rostov» klubi to‘purari Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida Rossiya Premer-ligasini tark etishi mumkin. Bu haqda «Sport-Ekspress» nashri xabar bermoqda.
«Rostov» klubi rahbariyati o‘z futbolchilariga xaridorlarning ko‘pligidan biroz hayron ham qolmoqda. Asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilariga boshqa klublar tomonidan qiziqish mavjud. Transfermarkt.de portalida futbolchilarning umumiy bahosi 39 milliondan 52 million yevrogacha o‘sgan.
Dekabr oyida «Rostov» futbolchilari orasida eng ko‘p narxi o‘sgan futbolchi – Eldor Shomurodov bo‘ldi. Uning bahosi 2,5 milliondan 6,5 million yevroga ko‘tarildi.
Shomurodovning agenti sanalmish Qahhor Mo‘minovning aytishicha, yozda o‘zbekistonlik futbolchi uchun Germaniyaning «Shtutgart» klubi 10 million yevro taklif qilgan. Hozirga kelib esa, Bundesliganing yana bir klubidan og‘zaki taklif tushgan: «Shomurodovni 15 million yevroga qo‘yib yuborasizlarmi?» - deyiladi nashr xabarida.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda «Rostov» klubi safida Rossiya Premer-ligasida 19 o‘yinda 10ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi