Xabaringiz bor, kecha "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati jamoa sardori Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor" klubiga qisqa muddatga, ya’ni 2 oyga ijaraga berilganini ma’lum qildi.
Ushbu xabar ko‘plab bahs munozaralarga sabab bo‘ldi. Har kim o‘z fikrini bildirmoqda. Jumladan Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbayev ham ushbu voqelikka o‘z fikrini bildirar ekan transferlar kamida 6 oyga tuzilishi kerakligini bildirdi. "Kamida 6 oy - mavsum o‘rtasida transfer bo‘lsa, mavsum boshlanishida bo‘lsa - kamida mavsum oxirgacha bo‘lishi kerak", dedi Nikimbayev.
Bugun esa PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi:
- Futbolchini 2 oyga ijaraga berish yoki shartnoma tuzish mumkin emas. Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglamentda bu narsa aniq yozib qo‘yilgan. Futbolchi eng kamida yarim yillik shartnoma imzolaydi. Bu holat faqatgina mavsumning o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Mavsum boshida turgan futbolchi esa eng kamida 1 yillik shartnomaga imzo chekishi kerak, - dedi Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin