14:51 / 08.01.2020
2 913

Bugun Tailandda Osiyo chempionati boshlanadi — hammasi haqida batafsil

Bugun Tailandda Osiyo chempionati boshlanadi — hammasi haqida batafsil
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Bugun Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. E’tiborlisi, bu yilgi turnirning Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma berishi musobaqaga bo‘lgan e’tiborning yana bir karra oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shu tariqa qit’amizning ushbu yosh toifasidagi eng kuchli 16 jamoasi musobaqa g‘olibligi qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash olib boradilar. Ular orasida Olimpiya terma jamoamiz qit’a chempionligini himoya qiladi.

Bugun «A» guruhining ikki o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. 1-turda Iroq – Avstraliya, Tailand – Bahrayn jamoalarining o‘yini kutib turibdi. Songxla shahrida esa bugun O‘zbekiston va Eron OTJlar uchrashuvidan avval matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Guruhlar

«A» guruhi:Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn
«V» guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya
«S» guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Eron, Xitoy
«D» guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA

«S» guruhi taqvimi:
1-tur, 9 yanvar:
O‘zbekiston – Eron 15:15 (Songxla)
Janubiy Koreya – Xitoy 18:15

2-tur, 12 yanvar:
O‘zbekiston – Xitoy 18:15 (Songxla)
Eron – Janubiy Koreya 15:15

3-tur, 15 yanvar:
O‘zbekiston – Janubiy Koreya 15:15 (Bangkok)
Xitoy – Eron 15:15

Chorak final. 19 yanvar, Bangkok
«S» guruhining g‘olibi – «D» guruhining ikkinchi o‘rin egasi 15:15
«D» guruhining g‘olibi – «S» guruhining ikkinchi o‘rin egasi 18:15

Yarim final
Yarim final 22 yanvar 15:15 Bangkok
Yarim final 22 yanvar 18:15 Rangsit

3-o‘rin uchun
25 yanvar 17:30 Bangkok

Final
26 yanvar 17:30 Bangkok
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

Tarkib
Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bosqichma-bosqich o‘tkazilgan yig‘inlar mobaynida musobaqada ishtirok etuvchi quyidagi 23 futbolchini saralab oldi:

Darvozabonlar:
Abduvohid Ne’matov («Nasaf)
Mashhurjon Muhammadjonov («Nasaf»)
Nizomiddin Ziyavutdinov (OKMK)

Himoyachilar:
Islomjon Qobilov («Bunyodkor»)
Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»)
Dilshod Saitov («Nasaf»)
Sherzod Nasrullayev («Nasaf»)
Oybek Rustamov («Qo‘qon-1912»)
Ilhomjon Alijonov («Navbahor»)
Husniddin Aliqulov («Nasaf»)

Yarim himoyachilar:
Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»)
Azizjon G‘aniyev («Nasaf»)
Sharof Muhitdinov («Nasaf»)
Nurillo To‘xtasinov («Bunyodkor»)
Jasurbek Yaxshiboyev (OKMK)
Abrorbek Ismoilov («Surxon»)
Islom Kenjaboyev («Nasaf»)
Doston Ibragimov («Qizilqum»)
Sanjar Qodirqulov («Bunyodkor»)
Oybek Bozorov («Nasaf»)

Hujumchilar:
Bobir Abduxoliqov («Nasaf»)
Mirjahon Mirahmadov («Bunyodkor»)
Azizbek Amonov («Lokomotiv»)

Shaharlar
Osiyo chempionatiga Tailandning Bangkok, Rangsit, Buriram hamda Songxla shaharlari mezbonlik qiladi. Dastlab guruhlardagi uchrashuvlar mazkur 4 shaharda o‘tkazilsa, chorak finaldan boshlab barcha e’tibor Bangkok hamda Rangsit shaharlariga qaratiladi. Terma jamoamiz esa Songxla shahrida joylashdi. Bu yerda dastlabki 2 uchrashuvimizni o‘tkazamiz. Qolgan bahslar esa Tailand poytaxtiga belgilangan.

Vazifa
Musobaqada jamoamizning bosh vazifasi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish hisoblanadi. Reglamentga ko‘ra, mazkur qit’a birinchiligida 1-2-3 o‘rinni egallagan jamoalar Olimpiada ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Agar Olimpiya o‘yinlarining mezboni hisoblanmish Yaponiya termasi ham yarim finalga chiqqudek bo‘lsa, qolgan yarim finalchilar ham yo‘llanma sohibiga aylanadi.

Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu musobaqa davomida VAR tizimi barcha o‘yinlarda hakamlarga yordamga kelishi mumkin. Darvoqe, Osiyo chempionatida tajribali referilarimiz Ilgiz Tantashev hamda Valentin Kovalenko ham ishtirok etishadi.

Jamoamizning qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus guruh bugun Tailandga yo‘l oladi. Qolgan muxlislarimizni ham Olimpiya terma jamoamizni musobaqada qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz. Jamoamiz o‘z g‘alabalari bilan millionlab yurtdoshlarimizni xushnud qilishiga ishonamiz. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi musobaqa avvalida terma jamoamizga omad va g‘alabalar tilab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishini niyat qilib qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Tailandda Osiyo chempionati boshlanadi — hammasi haqida batafsil