date
views 2 718

"Navbahor" yigʻinni boshladi. Jamoada niderlandiyalik, xorvatiyalik, rossiyalik va kamerunlik legionerlar bor

"Навбаҳор" йиғинни бошлади. Жамоада нидерландиялик, хорватиялик, россиялик ва камерунлик легионерлар бор
Namanganning “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni kechadan boshladi.
Joriy yildagi ilk mashgʻulot kecha Toʻraqoʻrgʻondagi “Odil Junior” futbol akademiyasining sun'iy qoplamali maydonida oʻtkazildi. Uni rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib bordi. Mashgʻulotda jamoa a'zolari bilan birgalikda koʻrikdan oʻtayotgan mahalliy hamda xorijlik oʻyinchilar ishtirok etishdi.

"Navbahor"ning yigʻiniga rossiyalik oʻyinchilar – Artyom Sherbak, Aleksey Kurilov va Stanislav Efimov, xorvatiyalik Vilim Posinkovich, kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikardo kabi yangi legionerlar qoʻshilishdi. Ular jamoa bilan birga mashgʻulotda ishtirok etishdi.

Vilim Posinkovich
Kecha "lochinlar" safiga yana bir xorijlik futbolchi qoʻshildi. Bu niderlandiyalik Nelson Gregori Jarreld Martlales boʻlib, u 1988 yil 31 yanvarda tugʻilgan, ampluasi – hujumchi. Nelson futbolchilik faoliyati davomida Gollandiyaning “AZ” (Alkmar), “Rozendal” (Rozendal), Bolgariyaning SSKA (Sofiya), “Botev” (Plovdiv), Ukrainaning “Metallurg” (Donetsk) va Hindistonning “Chennayin” (Chennan) klublarida oʻynagan. Niderlandiyalik hujumchi “lochinlar”ning oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga bugundan qoʻshiladi.

Nelson Gregori Jarreld Martlales
Shuningdek, bugun yana bir qator legionerlarning Namanganga tashriflari kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" yigʻinni boshladi. Jamoada niderlandiyalik, xorvatiyalik, rossiyalik va kamerunlik legionerlar bor