date

O‘zbekiston mashg‘ulot so‘ngida penaltilar seriyasini mashq qildi

O‘zbekiston mashg‘ulot so‘ngida penaltilar seriyasini mashq qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Melburn shahrining “Lakeside” stadionida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot chog‘ida jarohat olgan Islom To‘xtaxo‘jaevdan tashqari barcha futbolchilar ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot boshlanishidan oldin, terma jamoa delegasiyasining rahbariyati, O‘zbekiston futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, Respublika Prezidenti tomonidan senatorlik lavozimiga qayta tayinlanganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. O‘z navbatida, futbolchilar delegasiya rahbarlarini ular nomidan Mirabror Usmonovni tabriklab qo‘yishni so‘rashdi.

Mashg‘ulotning o‘ziga keladigan bo‘lsak, bir soatdan ortiq davom etgan mashg‘ulot chog‘ida, terma jamoa futbolchilari murabbiylar ko‘rsatmalarini aniq bajarishga harakat qilishdi. Yakuniy qismda esa, futbolchilar penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko‘rishdi.

Manba: www.Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston mashg‘ulot so‘ngida penaltilar seriyasini mashq qildi