Bizning fikrimizcha o‘tgan yildagi eng yaxshi 10 transfer quyidagicha ko‘rinish oldi.
Benjamin Pavar. “Shtutgart”dan “Bavariya”ga
O‘tgan yozda “Bavariya” Bundesliga autsayderidan uncha katta bo‘lmagan pulga iste’dodli futbolchini sotib oldi. 35 mln yevroga himoya markazida ham o‘ynay oladigan o‘ng qanot himoyachisini sotib oldi. 23 yoshli fransuz futbolchisi jamoaga juda tez moslashib ketdi. Pavar yangi jamoasida nafaqat himoyada balki hujumda ham faol futbolchilardan biri hisoblanadi.
Mateo Kovachich. “Real”dan “Chelsi”ga
Yozda ko‘pchilik “Chelsi” Kovachichni to‘liq sotib olganini payqamay qolishdi. Uni hamma ijarada yuribdi deb o‘ylagan edi. O‘tgan mavsumdayoq xorvatiyalik futbolchi Londonda qolishi aniq bo‘lgandi. U “aristokratlar”ning o‘yin uslubiga moslashib qolgandi va ajoyib o‘yinlarni o‘tkazdi. Lempard jamoasida o‘z o‘rnini topa oldi. Endilikda u jamoa uchun muhim gollarni ham uryapti.
Torgan Azar. “Borussiya Myonxengladbax”dan “Borussiya Dortmund”ga
Har mavsumda Torgan o‘z akasi soyasidan chiqishga yaqinlashib qolyapti. Mavsum boshida Dortmund safiga o‘tgan Azar yangi jamoasiga ham tez moslashib ketdi. Gol+pas tizimida faqatgina Roys va Sancho undan oldinda. 16 o‘yinda 4 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan Azar shubhasiz, Dortmundliklarning eng yaxshi transferiga aylangan.
Aaron Van-Bissaka. “Kristal Pelas”dan “Manchester Yunayted”ga
“MYU”ga o‘tishi bilan Van-Bissaka narxi bo‘yicha eng qimmat angliyalik uchinchi futbolchiga aylandi. “Qizil iblislar” futbolchi uchun 55 mln yevro to‘lashdi va aytish mumkinki, ular adashishmadi. Hozirgi kunda Sulsher jamoasining asosiy figuralaridan biri. 22 yoshli futbolchi to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha APLda birinchi o‘rinda turibdi. Bitta o‘yinda o‘rtacha 4,4 marta to‘pni olib qo‘yadi, 10-turda “Norvich”ga qarshi o‘yinda fantastik tarzda 11 marta raqiblardan to‘pni olib qo‘ydi. Bu mavsum rekordi hisoblanadi. Bunday foydali himoyachini har qanday jamoa orzu qiladi.
Erling Xoland. “Molde”dan “Red Bull Zalsburg”ga
2019 yil yanvar oyida “Zalsburg” hech kimga tanish bo‘lmagan Xolandni sotib oldi. Norvegiyalik futbolchi uchun avstriyaliklar 5 mln yevro to‘lashdi. Endi aytishimiz mumkinki, futbolchining narxi bir necha baravarga qimmatlashdi. Erling o‘tgan mavsumda o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsada, bu mavsumda hammani lol qoldiryapti. Eng avval, Chempionlar ligasidagi debyut taymida xet-trikka erishgan birinchi futbolchiga aylandi. Keyin esa to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni egalladi. Undan oldinda faqatgina Robert Levandovski bor.
Rodri. “Atletiko”dan “Manchester Siti”ga
“Man Siti” tarixidagi eng qimmat futbolchi. 23 yoshli ispaniyalik xavbek uchun “shaharliklar” 70 mln yevro to‘lashdi. Futbolchi bu to‘langan pullarga arziydi. Gvardiolaning rejasiga ko‘ra, Rodri 34 yoshli Fernandinoga o‘rinbosar bo‘lishi kerak edi. Rodri buni uddalayapti ham. Ba’zi jihatlarda braziliyalik futbolchidan ham ustunroq ekanligini ko‘rsatyapti.
Mauro Ikardi. “Inter”dan PSJga (ijara)
Ikardining ijaraga olinishi ikkala tomonga ham foydali bo‘ldi. “Inter” muammolarga boy futbolchidan qutuldi. Chunki oxirgi vaqtlarda Ikardi nafaqat muxlislar bilan, balki rahbariyat bilan ham nizolarga borayotgan edi. PSJ esa yuqori darajadagi hujumchiga ega bo‘ldi. Mauro Fransiyaga juda tez moslashib ketdi va gol urishni boshladi. Hozirgacha uning hisobida 9 ta gol mavjud. Mbappening PSJ safida qolishi noaniq. Shunday ekan katta ehtimol bilan rahbariyat Ikardini to‘liq sotib oladi.
Romelu Lukaku. “Manchester Yunayted”dan “Inter”ga
“Inter” belgiyalik futbolchi uchun 65 mln yevro to‘ladi. Ko‘pchilik Lukaku buncha pulga arzimaydi deyishdi. Lekin futbolchi bu gaplarga o‘ziga xos tarzda javob qaytardi. U jamoaga tez moslashdi va gol urishni boshladi. Konte “Chelsi”da ishlagan vaqtlaridayoq Romeluni o‘z jamoasida ko‘rishni istardi. Bu istagi Italiyada ishlayotganida amalga oshdi. Lukakuning samarali gollari evaziga hozirda “Inter” “Yuventus” bilan birga turnir jadvali yetakchisi bo‘lib turibdi.
Kvinsi Promes. “Sevilya”dan “Ayaks”ga
Gollandiyaga o‘tgan paytlarida Promesning ishlari avvaliga yurishmadi. Juda ko‘p vaqtini zahira o‘rindig‘ida o‘tkazardi va o‘yinga tushgan paytlarida ham o‘zini ko‘rsata olmasdi. Keyin murabbiy ten Xag unga boshqa vazifa topshirdi – hujumni yakunlovchi. Shundan so‘ng porlashni boshladi. Ko‘plab gollar urdi, jamoadoshlari gol urishiga ham yordamlashdi. Hozirda “Ayaks” safida undan ko‘p gol uradigan futbolchi yo‘q.
Vissam Ben – Yedder “Sevilya”dan “Monako”ga
Ben-Yedderni sotib olib fransuzlar adashmadi. 40 mlnga sotib olingan futbolchi jamoaga qo‘shilishi bilan gol urishni boshladi va “Monako”ni oyoqqa turishiga ko‘maklashdi. Hozirda u nafaqat o‘z jamoasida, balki Liga 1 da ham to‘purar. U bilan “Monako” Yevropkuboklar haqida bosh qotirishni boshlasa ham bo‘ladi.
Erkinjon G‘aybullayev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi