Poytaxtimizda o‘tkazilgan “O‘zbek kurashining tarixi, buguni va istiqboli” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada zamonaviy kurash qoidalari muallifi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komil Yusupov “Bir paytlar biz kurashni dunyoga olib chiqamiz, deganda ko‘pchilik kulgandi.
Bugun O‘zbek sporti kurash alohida sport turi sifatida xalqaro sportga aylandi. Osiyo o‘yinlarining rasmiy sport turi sifatida e’tirof etilib Osiyo o‘yinlariga kiritildi. Jahon va qit’a chempionatlarining muntazam o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Jahonning 130 dan ziyod davlatlarida O‘zbek kurashi bilan shug‘ullanadigan, uni ommalashtirishga xizmat qiladigan federatsiyalar tashkil etildi.
Endigi asosiy maqsad, O‘zbek sporti Kurashni Olimpiada o‘yinlariga kiritish. Bu ham hozir boshqalar uchun erishib bo‘lmas maqsadga o‘xshaydi. Bunga albatta erishamiz. Kurash Vatani O‘zbekiston va bugun biz dunyoga kurashni targ‘ib qilish va xalqimizning qadriyatlarini yetkazishimiz kerak” deya ta’kidladi.
Konferensiyada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, hamkorlikda o‘quv-metodik adabiyotlar va ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirish, birgalikda darsliklar yaratish ko‘zda tutilgan.
Konferensiyada shuningdek, kurashning jangovor yo‘nalishini ishlab chiqish va jamoatchilik e’tiboriga havola qilish haqida takliflar ilgari surildi. Unda jangovor usullar qo‘llangan holda, kurashning insonparvarlik va milliy qadriyatlarimizga rioya qilinishi shartligi, yuzga urmaslik, tizzalab kurashmaslik kabilar asosiy shartlar bo‘lishi tushuntirildi.
To‘lqin RO‘ZIYEV
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi