Uchrshuvdan so‘ng O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Uchrashuvning 1-qismini yaxshi o‘tkazdik. Dastlabki taymda o‘yinimiz ancha qovushdi, vaziyatlar yaratdik. Ammo ularning hammasidan ham foydalana olmadik. Birinchi bo‘limning oxirida hisobni ochib, niyatimizga erishdik.
Oybek Bozorov menda yaxshi tassurot qoldirdi. O‘z navbatida Xitoy ham yaxshi harakat qildi.
Eron bilan bahsdan keyin g‘alaba qozonishimiz shart edi. 1 ochko olgandik xolos. Shu boisdan ham yigitlarni yaxshi tayyorladik. Ular ko‘rsatmalarimizni a’lo darajada bajarishdi. Endi e’tiborimiz keyingi turga qaratiladi.
Bu 2-o‘yinimiz. Keyingi turlarda o‘yindan ham gol urishga intilamiz. Faqat penaltilardan emas. O‘ylaymizki, Janubiy Koreya bilan bahsda ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz.
Nurillo To‘xtasinov aslida asosiy tarkib futbolchisi, juda kuchli. Biz unga ishonamiz. Bu safar esa Bozorovni sinab ko‘rdik. Sababi uning o‘rnida harakat qilgan Oybek Bozorov himoya va yarim himoyani bog‘lab turadigan futbolchi edi. Shuning boisdan Oybek maydonda ko‘p harakat qildi. Biroq u biroz charchab qolgani uchun To‘xtasinov bilan almashtirdik. Bu o‘zgarish samara berdi. Ikkalasidan ko‘nglim to‘q. Rahmat hammaga, - dedi Lyubinko Drulovich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi