
U-23 Osiyo chempionati "S" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishdi.
Uchrshuvdan so‘ng xitoyliklar ustozi Vei Xao o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘zbekiston haqli ravishda g‘alaba qozondi. Bu muvaffaqiyat bilan ularni tabriklayman. Biz esa rejani bajara olmadik.
Penaltidan oldin o‘yinimiz oldindan o‘ylagan rejamiz asosida ketayotgandi. Ammo...
Guruhimizda qit’aning grand jamoalari jamlangan. Shu bois biz Osiyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘yin o‘tkazdik. Olimpiadaga chiqish vazifasini bajara olmagan bo‘lsakda tajriba to‘pladik. Bu esa bizning eng asosiy maqsadimiz.
Biz bugun asosiy xujumchimizsiz o‘ynadik. Bu katta yo‘qotish edi. Uning yo‘qligi ta’sir qildi.
O‘ng qanotni yopmoqchi bo‘ldik, chunki raqib shu qanotda faol harakat qildi. Bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga rahmat, ulardan minnatdormiz, - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy jamoasi guruhdagi so‘nggi o‘yinni 15 yanvar kuni Eron OTJga qarshi o‘tkazadi va bu ular uchun amalda hech qanday ahamiyatga ega emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar