
Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati “B” guruhidan o‘rin olgan 2 tur bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Saudiya Arabistoni – Qatar uchrashuvida nursiz durang (0:0) qayd etilgan bo‘lsa, Suriya olimpiyachilari Yaponiyani 2:1 natijasi bilan taslim etishdi. Shu tariqa, kun chiqar yurt vakillari musobaqa bilan xayrlashgan ikkinchi jamoaga (Xitoy OTJ dan keyin) aylandi. Yaponiyaliklar o‘tgan turda Saudiyaga (1:2) ham yengilgandi.
Saudiya Arabistoni – Qatar 0:0
Suriya – Yaponiya 2:1
Guruhdagi vaziyat esa quyidagi ko‘rinishda:

"B" kvartetidagi oxirgi tur bellashuvlari 15 yanvar kuni bir vaqtda start oladi:
Qatar – Yaponiya
Saudiya Arabistoni – Suriya
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar