Yurgen Klopp: "Menga chempionlar ligasining qizig‘i yo‘q"

"Borussiya" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, uni kelgusi mavsumda chempionlar ligasida qatnashish qiziqtirmayapti.
"Menga chempionlar ligasining qizihi yo‘q. Hozirgi ahvolimizni nazarda tutadigan bo‘lsak, mavsum oxirida meni iste’foga chiqarmasalar xursand bo‘laman. "Borussiya" tarkibida chempionlar ligasisiz qolsa - jamoani tark etadigan futbolchilar bor bo‘lsa, ularni tanlab adashibman. Oldinda 17 uchrashuv turibdi. Bu juda ko‘p", - deydi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" bundesligada 15 ochko bilan xavfli zonada turibdi. Dortmundliklarning asosiy maqsadi bundesligada jon saqlash bo‘lib turibdi.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing