23:13 / 13.01.2020
3 214

Davron Fayziyev: Xitoy bilan o‘yin, guruhdagi vaziyat va Janubiy Koreya bilan bellashuv oldidan

Davron Fayziyev: Xitoy bilan o‘yin, guruhdagi vaziyat va Janubiy Koreya bilan bellashuv oldidan
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati 2-turida Xitoy bilan kuch sinashdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz ishonchli o‘yin namoyish etib, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yindan so‘ng O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:

- Bosimdan o‘tib olindi. Eron bilan durangdan keyin ozgina xavotir bor edi. Kerakli payt jamoa birlasha oldi. Futbol esa jamoaviy o‘yin. Hozir bir necha futbolchini ajratib aytishim mumkin, lekin nazarimda aravani hamma birdek tortdi.

Hammasi yaxshiku-ya, ammo hali guruhdan chiqmadik. Koreya balki ikkinchi tarkibni tushirar. Bu degani asosiy tarkibga o‘ch “och bo‘rilar” ovga chiqadi. Motivatsiya masalasi esa rostdan ham foydamizga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Bizga durang kifoya, lekin durang kerakmas deb tushish kerak, shunda durangga erishsa bo‘ladi.

Koreya murabbiyi negadir bizning o‘yinni media-tribunadan biz bilan kuzatdi. O‘ylab qarasam 2 ta quyonni uripti aql bilan. Ham maydonni “jivoy” kuzatdi, ham monitorda takrorlarni ko‘rdi. O‘zi o‘tirish mumkinmas unga u yerda. Bir hamkasbim aytgandek - videoga olib OFK portaliga berish mumkin. Lekin bu ish bilan o‘zimizda ham, chetda ham shug‘ullanmaymiz. G‘alaba muborak! Davom etamiz
, - deya fikrlarini yakunladi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Xitoy bilan o‘yin, guruhdagi vaziyat va Janubiy Koreya bilan bellashuv oldidan