17:00 / 15.01.2020
2 796

Alisher Usmonov «Everton»ning yangi stadioni nomini sotib oldi

Alisher Usmonov «Everton»ning yangi stadioni nomini sotib oldi
Foto: «TASS»
Milliarder Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings «Everton» futbol klubining yangi stadioni nomini sotib oldi.

Yangi stadion qurilishi 2020 yilda boshlanib, 2023 yilda yakunlanishi reja qilingan. Mersisaydlar 39,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan «Gudison Park» stadionida 1982 yildan buyon o‘ynab keladi. Ko‘proq tomoshabin sig‘adigan arena barpo qilish klub egasi Farhad Moshirining asosiy maqsadlaridan biri. Moshiri o‘z navbatida Usmonovning biznes hamkori hisoblanadi.

Telegraph’ning xabariga ko‘ra, Usmonov stadionni nomlash huquqi uchun 35 million yevro to‘lashga ulgirgan. Arena qurib bitkazilgach Usmonov yiliga qancha miqdordan pul to‘lashi noma’lum, biroq nashrda ta’kidlanishicha, bu yiliga 29 million yevrodan oshmaydi.

Stadionning nomi qanday bo‘lishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Manbaning ta’kidlashicha, Usmonovda bu borada ikkita variant bor. Ulardan biri — «USM Arena».
Avvalroq «Everton» so‘nggi mavsumni 130 million yevro qarz bilan yopgani ma’lum bo‘lagndi. Usmonovning investitsiyasi klubga qo‘l kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov uzoq yillar mobaynida Londonning «Arsenal» klubi aksiyadorlaridan biri bo‘lib kelgan, biroq 2018 yilda esa o‘z ulushlarini sotib yuborgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonov «Everton»ning yangi stadioni nomini sotib oldi