
Xabaringiz bor, kecha Tailand poytaxti Bangkok shahrida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining oxirgi turida Janubiy Koreya bilan kuch sinashdi. Asosan raqibning ustunligida o‘tgan bellashuvda koreyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
O‘yindan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi o‘zining sahifasida uchrashuvga oid o‘zining fikrlarini yozib qoldirdi.
- Hammasi ssenariy ostida ketyapti: Furor ko‘tarib chiqish yaxshimasdi pley-offga, ustida ishlamay qo‘yardi olimpiya jamoamiz. Endi jimgina, hech qanday pafossiz taraddud ko‘radi Drulovich.
Mana shunaqa tanqidiy ruhga sabab o‘yin guruhning oxirgi o‘yini bo‘lgani yanada yaxshi. Pley-offda yomon o‘ynagandan ko‘ra.
Keyin e’tibor beryapsizmi, Eron bilan yaxshi chiqmagan o‘yinimiz yigitlarga mas’uliyat yuklagandi - Xitoyni ezib tashlashdi. Yaxshi o‘yindan so‘ng birdan "erkalanish" boshlandi. Yana o‘sha Erondan keyingi o‘yin singari xulosa chiqarishadi, deb umid qilamiz.
Faqat, yigitlar, pley-offdagi hamma o‘yinda yaxshi o‘ynash kerak. U yerda birinchi va uchinchi o‘yinimiz yo‘q. Barchasi final maqomida. Omad!!! - dedi Xayrulla Hamidov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar