Anzur Ismoilov: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz uchun yutqazdik»

Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Anzur Ismoilov intervyu berib o‘tdi.
"Bugungi o‘yin qiyin o‘tishi bilardik, shunday ham bo‘ldi. Koreyaliklar yaxshi o‘ynashdi va g‘alaba qozonishdi. Bugun biz ham yutishimiz mumkin edi, ammo yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Musobaqadagi ishtirokimiz borasida nima deyish mumkin? Guruh bosqichidan chorak finalga chiqdik. Bugun esa bizga omad kelmadi", - deydi Anzur.
Manba: www.stadion.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing