Xabaringiz bor, Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAA bilan kuch sinashadi.
Mazkur bellashuvdan bir kun oldin jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda raqib jamoa ustozi Skorza quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs. Raqibimiz kuchini bilamiz. Lekin biz tayyormiz. Tayyorgarlik yaxshi ketyapti. O‘zbekiston bizdan bir kun ko‘p dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston favorit.
Bizda ham tarkibda katta turnirlar tajribasiga ega o‘yinchilar bor. Ularning foydasi katta. Ertangi o‘yin masalasini bitta gol hal qilish mumkin. Omadga ham ko‘p narsa bog‘liq.
Mening fikrimcha, bu chempionatda jamoalar darajasi bir biriga yaqin. Guruhning o‘zida kuchli o‘yinlar bo‘ldi. Yaponiya chiqib ketdi masalan. Yoki Qatar bo‘sh o‘ynadi. O‘zbekistonga qarshi o‘ynashimiz mumkinligini taxmin qilish mumkin edi. Koreyani ham kuzatdik. Bu guruhda shu ikki jamoa chiqishini oldindan bashorat qilgandim, - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, BAA - O‘zbekiston uchrashuvi 19 yanvar kuni "Rajamangala" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:15da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi