
Avval xabar berib o‘tganimizdek, ertaga Janubiy Koreyada 61 kg vazn toifasida faoliyat yuritadigan, iste’dodli professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov (7-6-1-0-3KO) xitoylik Nuo Min bilan 6 raundlik reyting jangida ringga ko‘tariladi.
Yurtdoshimizning bu galgi raqibi anchagina jiddiy bo‘lib, u ham mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. U profi ringda uch marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Mazkur jang avvalida an’anaviy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz: Ismoilov Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promousheni bilan hamkorlik qiladi. Ayni vaqtda Vetnamda Bobur Najmiddinov qo‘l ostida janglarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar