23:24 / 18.01.2020
2 664

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandda O‘zbekiston OTJ bilan uchrashdi

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandda O‘zbekiston OTJ bilan uchrashdi
Xabar berganimizdek, U-23 Osiyo chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev hamda Vadim Abramov bugun Tailandga yetib kelishdi. Har ikki mutaxassis biroz avval terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdilar. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

- Yigitlar, biz Toshkentda barcha o‘yiningizni ko‘rib turdik. Ha, Koreyaga qarshi o‘yin qiyin bo‘ldi. Lekin musobaqani kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, boshqa hech bir jamoaning Sizlardan ustun joyi yo‘q. Janob Drulovich yaxshi murabbiy. Ishonamizki, bu kishidagi bor tajriba Sizlarni kerakli natijaga erishishingiz uchun yetarli. Buyog‘iga har bir raqibni “yanchib” tashlash kerak. Nasib qilsa, Koreyadan finalda revansh olamiz, – dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Barchangizning imkoniyatingizni yaxshi bilamiz. Sizlar o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishga juda yaqin turibsizlar. Buyog‘iga ham bo‘shashmasdan faqat olg‘a harakat qilish kerak. Uyda ota-onangiz va xalqimiz Sizlardan g‘alaba kutishmoqda, – dedi O‘zbekiston MTJ va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Ta’kidlash joiz, murabbiylar ertaga terma jamoamizning BAAga qarshi bahsi oldidan yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan va Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo halal berishmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandda O‘zbekiston OTJ bilan uchrashdi