
Foto: The Sun
Boks haqida yozuvchi Amerika jurnalistlar assotsiatsiyasi (BWAA) so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi bokschisi nomini e’lon qildi.
Ushbu nom amerikalik Floyd Meyvezerga nasib etdi. Professional boksda 50 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan Floyd bu yo‘lda Saul Alvares, Menni Pakyao, Vladimir Klichko va Andre Uordlarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, ushbu sovrin uchinchi marta o‘z egasiga topshirildi. Avvalroq Roy Jons (kichkina) va Menni Pakyao ushbu nomga ega chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar