Xabaringiz bor, ertaga futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Saudiya Arabiston Olimpiya terma jamoalari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining yarim finali doirasida o‘zaro bahs olib borishadi.
Bugun mazkur bahs oldidan har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Bu har ikki jamoa uchun ham muhim o‘yin. Yarim finalga eng kuchli jamoalar yetib kelishgan. Biz Saudiya Arabistoni jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Bu jamoada jismoniy va texnik jihatdan kuchli o‘yinchilar bor. Biz ularni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, bor e’tiborimizni mazkur o‘yinga qaratamiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.
– BAA bilan o‘yinda biz bir kun ko‘proq dam olgan edik. Bu gal aksincha. Bu natijaga ta’sir qilishi mumkinmi?
– O‘ylaymanki, biz o‘yinga tayyormiz. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis va shifokorlarimiz katta ish olib borishmoqda. Gapingiz to‘g‘ri, raqib bizdan bir kun ko‘proq dam oladi. Shifokorimiz menga barcha yigitlar o‘yinga shay bo‘lishini ta’kidladi.
– O‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu jamoaning o‘yindan o‘yinga o‘sayotgani va yaxshi sport formasiga chiqayotganini anglatadimi?
– Ha, haqiqatdan ham o‘yinimiz sekin-asta yaxshilanib bormoqda. Lekin ertangi o‘yin oson bo‘lmasligi aniq. Aytib o‘tganimdek, saudiyalik futbolchilar ancha kuchli. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, balki BAAdagidek 4-5 ta gol urmasmiz. Ammo yakunda maqsadimizga yeta olishimizga ishonaman.
– Asosiy tarkib o‘yinchilarini almashtirmay maydonga tushirish ertangi o‘yinda qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
– Bir jihatga urg‘u bermoqchiman: qaysi futbolchilar jismoniy jihatdan o‘yinga tayyor bo‘lsa, shularni tanlayman. Maydonga tushadigan yigitlar o‘yinga yaqin qolganda aniq bo‘ladi. Bugun futbolchilarning holatini ko‘zdan kechirib olamiz.
– Musobaqada g‘olib chiqish mushkul vazifa. Chempion unvonini himoya qilish qanchalik qiyin?
– Oldindagi o‘yinlar biz uchun qiyin va mas’uliyatli. Qo‘l ostimdagi yigitlar bilan finalga chiqishimizga ishonaman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hozirda O‘zbekiston uchun yangi tarix yaratishga yaqin turibmiz. Mazkur o‘yinda g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishni maqsad qilganmiz.
– Yaqinda Milliy terma jamoamiz aynan Saudiya Arabistoni bilan o‘ynab, alamli mag‘lubiyatga uchragan edi. Ertaga o‘sha xatolarni takrorlab qo‘ymaymizmi?
– Futbolchilarimiz maydonda bor kuchini namoyish etsa, har qanday raqibni mag‘lub etish mumkin. Ertanggi o‘yin umuman boshqa. Unda
biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 22 yanvar, chorshanba kuni final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadi.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi