Xo‘sh, din va jarohatning qanday aloqasi bor? Bugun siz bilan zamonaviy futbolda eng keng tarqalgan va deyarli har hafta u yoki bu futbolchini safdan chiqishga majbur qiladigan jarohat — xamstring jarohatlar guruhiga kiruvchi, orqa son mushaklari shikastlanishidir.
Woods et al. ma’lumotlariga ko‘ra, APL vakillarining mavsum davomida olgan jarohatlari umumiy umumiy hajmidan 14 - 20 foizini (boshqa TOP-chempionatlar raqamlari deyarli bir xil) va jarohatdan tiklanish uchun ketgan vaqt o‘rtacha 21 kunni tashkil etgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mavsum davomida APLning 93 futbolchisi (bu yerda akademiya, o‘rinbosarlar jamoasi va kattalar jamoasi inobatga olingan) jarohat olgan va ularning 20 nafari aynan shu muammoga duch kelgan.
Lekin biz Islom dini vakillari ko‘proq bo‘lgan ligalarga e’tibor qaratsak-chi?
Yaqinda Aspetar sportmedicine journal bir maqolani chop etdi. Unda aytilishicha, Qatar Yulduzlar Ligasidagi jarohatlarning bor yo‘g‘i 7 - 9%i xamstring guruhiga taalluqli. Yana bir muhim jihat, shunday jarohat tufayli safdan chiqqan futbolchi maydonga qaytishi uchun o‘rtacha 14 kun zarur bo‘lgan. Islom dini vakillari ko‘pchilikni tashkil etuvchi chempionatlarga oid statistik ma’lumotlarni, ayniqsa, jarohatlar borasidagi informatsiyani to‘liq hajmda to‘plash biroz mushkul vazifa albatta. Va faqatgina bir chempionat misolidagina xulosa chiqarish biroz noto‘g‘ridek, lekin farq sezilarli.
Lekin bu yerda bir muhim jihat borki, aynan u o‘rtadagi tafovutga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Va bu sabab — e’tiqod. Musulmon oilalarda farzandga yoshligidan hayotiy bilim barobarida, diniy ta’lim-tarbiya ham berib boriladi. Bunday sharoitda katta bo‘lgan inson kun davomida ma’lum vaqtini e’tiqodi, din uchun ajratadi. Lekin buning sportdagi jarohatlarga qanday aloqasi bor, deysizmi?
Barchasi bajariladigan harakatlarga bog‘liq. Musulmon inson bo‘g‘imlarining kundalik ishlashi nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlikka ham sabab bo‘ladi. Mashhur “skandinaviyacha” aylanishda ham shunga o‘xshash harakat bajariladi — aynan shu mashq mushaklarni umumiy chiniqtirishda hamda orqa son mushaklari profilaktikasida juda foydali hisoblanadi.
Daniya Futbol Ittifoqi o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, professional futbolchilar ichida bunday mashqlarni muntazam bajargan sportchilar mushak jarohatidan 70% kamroq aziyat chekar ekan. Shunday ekan, taxminimizcha, e’tiqod va futbolchilarning kundalik mashg‘ulotlari birgalikda musulmon futbolchilar son mushaklaridan kamroq jarohat olishiga sabab bo‘ladi.
Nozima Zaripova tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi