2 827
OCHL. «Bunyodkor» Iroq jamoasini yirik hisobda mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi
Osiyo chempionlar ligasi ikkinchi saralash pley-off o‘yini doirasida «Bunyodkor» jamoasi Toshkentda Iroqning «Az-Zavra» klubini qabul qildi.
«Jar» stadionida kechgan o‘yinni Vadim Abramov jamoasi hujumkor boshladi. 8-daqiqada shu kuni debyutini nishonlagan Humoyun Murtazoyev penalti ishlagan bo‘lsa, yana bir debyutant Murod Xolmuhammedov odatdagidek raqib posboniga imkoniyat qoldirmadi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limni ham mezbonlar hujumkor boshlashdi va 46-daqiqada Humoyun Murtazoyev jamoasidagi ilk rasmiy o‘yinida dastlabki golini kiritdi – 2:0.
Zaxiradan tushganiga ikki daqiqa bo‘lgan Boburbek Farhodov 78-daqiqaga kelib hisobdagi farqni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uning zarbasi uchinchi marta Jalol Hasan Hoshim darvozasidan o‘rin oldi – 3:0.
Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida ham Vadim Abramov jamoasi hujumkorlikni to‘xtatmadi. Natijada, 85-daqiqada Humoyun Murtazoyev o‘z goli bilan o‘yindagi dublini qayd etdi – 4:0.
Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga ikki daqiqa qolganida Abbos Qosim «Bunyodkor» darvozasiga gol urib, hisobdagi farqni qisqartira oldi, xolos – 4:1.
Ushbu g‘alabadan keyin «qaldirg‘ochlar» pley-off bosqichining hal qiluvchi o‘yiniga yo‘llanma olishdi. Navbatdagi pley-off bahsida «Bunyodkor»ga BAAning «Al-Ayn» klubi raqib bo‘lib, o‘yin 28 yanvar kuni BAAda o‘tkaziladi.
Osiyo Chempionlar ligasi-2020
«Bunyodkor» - «Az-Zavra» (Iroq) - 4:1
Gollar: Murod Xolmuhammedov 8 (pen), Humoyun Murtazoyev 46, Boburbek Farhodov 78, Humoyun Murtazoyev, 85 - Abbos Qosim, 88.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov, Suhrob Yarashev (G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 74), Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov, Lutfulla To‘rayev, Sardor Abduraimov, Suhrob Izzatov (Boburbek Farhodov, 76), Murod Xolmuhammedov, Selim Nurmuradov, Humoyun Murtazoyev.
Zaxiradagilar: Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, , , Bahodir Pardayev, Hasan Yo‘ldoshev, Farrux Ikromov.
«Al Zavra»: Jalol Hasan Hoshim, Mustafo Muhammad, Muhammad Ridha, Ahmad Fozil, Muhannad Abdulrahim, Husayn Al Saidi, Al Hasan Huayib, Mahdi Komil, Solomon Uilyams, Abbos Qosim, Stive Nzambe.
Zaxiradagilar: Fahad Tolib, Mustafo Mahmud, Ahmad Jalol, Najm Al Qurayshi, Ali Rahim Al Azzavi, A’lo Rad Al Hamadoni, Abdulloh Abdulamir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi