08:47 / 23.01.2020
4 593

Xitoyda tarqalgan xavfli virus sabab O‘zbekiston terma jamoasi ortga qaytadi

Xitoyda tarqalgan xavfli virus sabab O‘zbekiston terma jamoasi ortga qaytadi
Xitoyning Uhan shahrida bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan yozgi olimpiadaga saralash musobaqasi bekor qilindi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.
22 yanvar kuni Olimpiada saralashi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita Osiyo va Okeaniya mintaqasi saralashida ishtirok etish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan boks federatsiyalariga musobaqa bekor bo‘lgani haqida xat yuborgan.

Xitoyda yangi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya sababli biz sizning xavfsizligingiz va salomatligingizni o‘ylab ushbu musobaqani bekor qilishga qaror qildik”, — deyiladi xabarda.

Saralash musobaqasining yangi manzili va muddati borasida Olimpiada saralashiga mas’ul tashkilotlar tomonidan keyinroq e’lon qilinishi aytib o‘tilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan xabarga ko‘ra, 22 yanvar holatiga ko‘ra, mazkur kasallik natijasida 9 kishi halok bo‘lgan, 440 odam kasallikka chalingani ro‘yxatga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoyda tarqalgan xavfli virus sabab O‘zbekiston terma jamoasi ortga qaytadi