
Foto:«O‘FA»
Tailandda yakuniga yetib borayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bugun uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun ham kechadigan mazkur bahsda Avstraliya terma jamoasi bizga raqiblik qiladi.
Bo‘lajak bahs Bangkokdagi «Rajamangala» stadionida Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi. O‘yinni BAAdan bo‘lgan Muhammad Abdulla Hassan boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, yarim finalda O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga, Avstraliya esa Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan edi.
U-23 Osiyo chempionati.
3-o‘rin uchun. 25 yanvar, 17:30.
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Avstraliya – O‘zbekiston “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar