Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha turnir Iordaniyaga ko‘chirildi

Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha turnir Iordaniyaga ko‘chirildi
3-14 fevral kunlari boks bo‘yicha Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilishi belgilangan litsenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilingan edi. O‘zbekiston MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqa Iordaniyaga ko‘chirilgan.

«Tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federatsiyasiga yuborilgan xatda ma’lum qilinishicha, Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Oman shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi» - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvardan buyon Uxan shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi koronavirus sabab muddatdan avval Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar