Kecha bo‘lib o‘tgan "Al Ayn" - "Bunyodkor" bahsidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirdi.
- O‘yinni hamma ko‘rdi. Nima deyishim mumkin? Savollar bo‘lsa beringlar javobini aytaman, - deya o‘z fikrini boshladi Abramov.
- Mavsum hali boshlanmagani "Bunyodkor"ga o‘z ta’sirini ko‘rsatdimi?
- Doim shunday bo‘lib kelgan, ammo bu safar ham faqat ijobiy natijadan umid qilgandik. Jamoam yaxshi o‘yin ko‘rsatmadi, buni tan olaman. "Al Ayn" bizga qaraganda ancha yaxshi harakat qildi.
- Mag‘lubiyat jamoaga qattiq ta’sir qiladimi?
- Menimcha, ta’sir qilmaydi, chunki bizda mavsum 28 fevraldan boshlanadi. Ungacha esa jamoa o‘ziga kelib oladi. Safimizda yoshlar ko‘p va bunday katta o‘yinda ishtirok etish ularga yaxshi maktab bo‘ladi.
- Pley-off bosqichi yanvarda o‘tkaziladi va bu O‘zbekiston klublariga ta’sir o‘tkazib kelyapti. OFK taqvim tuzishda xatolikka yo‘l qo‘ygan deb hisoblaysizmi?
- Osiyo chempionlar ligasini OFK o‘tkazadi, biz esa taqvimni hurmat qilgan holda o‘yinlarda maydonga tushamiz. Agar taqvim noto‘g‘ri desam, bu bahona bo‘lib qolishi mumkin. Lekin rostini aytganda mavsum boshlanmagani baribir rol o‘ynaydi.
- "Al Ayn" haqida nima deya olasiz?
- Bu jamoa guruhda qanday o‘yin ko‘rsatadi buni bilmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, "Al Ayn" menga u qadar kuchli bo‘lib ko‘rinmadi. Toshkentda "Al Zavra" bilan o‘ynaganimizda iroqliklar kuchlidek ko‘ringandi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin