3 131
"Oston O‘runov nega Olimpiya terma jamoamizga chaqirilmadi?" Bu savolga Drulovich javob berdi
Tailandda o‘tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Bir qadam qolganda yana Olimpiadaga chiqa olmadik. Agar 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Avstraliyani mag‘lub etganimizda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga boradigan Osiyoning uchinchi jamoasi bo‘lardik.
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokida so‘nggi matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida endilikda sobiq murabbiyga bir qator savollar berildi.
Anjuman o‘z yakuniga yetgach, serbiyalik murabbiy bilan alohida suhbatlashdik va undan Oston O‘runov nima uchun terma jamoaga jalb qilinmaganini so‘radik. Murabbiy bu savolga shunday javob berdi:
"Albatta, Oston kuchli futbolchi va uning o‘yinlarini doim kuzatib keldim. Lekin qo‘l ostimdagi futbolchilar ham yaxshi edi. U-23 Osiyo chempionatida to‘rt nafar kuchli yarim himoyachi ishtirok etdi: Aziz G‘aniyev, Abdulla Abdullayev, Oybek Bozorov va Abror Ismoilov. Bu futbolchilarning hech birini Oston O‘runovdan kuchsiz demagan bo‘lardim". “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin