
«Liverpul» futbol bo‘yicha Angliya Premer-Ligasining qoldirilgan bahsida «Vest-Hem»ni mag‘lub etdi (2:0).
«Qizillar» Angliya chempionatining joriy mavsumida har bir raqibni kamida bir martadan yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkich «Liverpul» tarixida ilk bor kuzatildi.
Unga qadar bu natijaga «Chelsi» (2005/06 yilgi mavsumda), «Manchester Yunayted» (2010/11 va 2017/18) hamda «Manchester Siti» (2017/18 va 2018/19) kabi jamoalar erishgan.
«Liverpul» ushbu mavsumda Premer-Ligadagi 24 uchrashuvning 23 tasida g‘alaba qozondi. Mersisayd klubi faqat «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan safar o‘yinida durang (1:1) qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar