Foto: Laurence Griffiths/Getty Images
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani 2022 yilgi jahon chempionatiga qo‘yilmasligi to‘g‘risida xabardor qilgan. Bu haqda yirik sport telekanallaridan biri sanalmish Qatarning BeIN Sports kanalining «tvitter»dagi sahifasida xabar berilgan deb yozadi Kun.uz nashri.
Avvalroq, Britaniya OAVlari Rossiya milliy jamoasi JCH-2022 saralashini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final bosqichiga yo‘llanma olgan taqdirda ham, Qatardagi turnirda bayrog‘i va madhiyasidan foydalanish huquqidan mahrum etilishi haqida xabar tarqatgandi.
Shuningdek, ushbu taqiqlar jahon chempionatidan tashqari Olimpiada o‘yinlariga ham ta’sir qilishi to‘g‘risida xabar berilgan.
O‘z navbatida Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) BeIN Sports xabarini rad etib chiqdi.
«Biz Butunjahon antidoping agentligidan (WADA) Rossiya milliy jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligi borasida hech qanday bildirishnoma olganimiz yo‘q», - deyiladi RFI rasmiy bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»