Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Xalqaro birdamlik musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Oltinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida 4 ta vazn toifasida bellashuvlar musobaqaga yakun yasab berdi.
Bugungi dasturdan o‘rin olgan bahslarda -96 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Umarbek Shohnazarov dast ko‘tarishda 155 kg toshni o‘ziga buysindirib bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz siltab ko‘tarishda 186 kg natija ko‘rsatib, bu borada to‘rtinchi bo‘ldi. Lekin, hamyurtimiz ikki kurash natijasida umumiy hisobda yana bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -96 kg:
1. Ilya Ilin (Qozog‘iston) – 355 kg (160 kg, 195 kg)
2. Fares Elbax (Qatar) – 353 kg (159 kg, 194 kg)
3. Umarbek Shohnazarov (O‘zbekiston) – 341 kg (155 kg, 186 kg)
Shundan so‘ng, -109 kg vaznda musobaqada kurashga qo‘shilgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, barcha oltin medallarni o‘ziniki qildi.
E’tiborlisi, u dast ko‘tarishda 189 kg tosh ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bundan oldingi rekord 188 kg edi. Akbar Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 221 kg natija ko‘rsatdi.
Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -109 kg:
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 410 kg (189 kg, 221 kg)
2. Ibragim Bersanov (Qozog‘iston) – 387 kg (181 kg, 206 kg)
3. Ki Sam Jeong (Janubiy Koreya) – 361 kg (171 kg, 190 kg).
Shu tariqa, Poytaxtimiz mezbonlik qilgan Xalqaro birdamlik musobaqasiga yakun yasaldi. Ertadan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga start beriladi, deya ma’lum qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi